1

Putin Rossiya uchun asosiy xavf nimada ekanligini aytdi

Dunyo 03.12.2015, 16:35
Putin Rossiya uchun asosiy xavf nimada ekanligini aytdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Kengashdagi nutqida mamlakat uchun asosiy xavf nima ekanligini ta`kidladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Rossiya 24” telekanalida to`g`ridan to`g`ri efirga uzatilayotgan Federal Kengashga mamlakat rahbarining murojaatida Rossiya uchun asosiy xavf-xatarni Rossiya va MDH davlatlaridan chiqqan Suriyadagi jangarilar tug`dirishini ma`lum qildi.   

“Ular pul va qurol bilan ta`minlanib, kuch-qudratini mustahkamlamoqda. Ular jipslashib, u erda g`alaba qozonishsa, ertaga albatta portlatish, insonlarni qiynoqqa solish uchun bizning hududimizga ham etib keladi”, — dedi Putin.

“Biz ularni kutib olishga va yo`q qilishga majburmiz”, — qo`shimcha qildi Prezident. U shuningdek, Suriyadagi havo-kosmik operasiyalari aynan shu maqsadda boshlanganligini ham ta`kidladi.  

Putinning so`zlariga ko`ra, rossiyalik harbiy xizmatchilar eng avvalo, Rossiya Federasiyasi fuqarolari xavfsizligini ta`minlash uchun kurashmoqda.  

Rossiya aviasiyasi joriy yilning 30 sentyabridan boshlab Arab davlati Prezidenti Bashar Asadning rasmiy Moskvaga harbiy ko`mak berish haqidagi so`rovidan so`ng harbiy operasiyalarni boshladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1