AsosiyJamiyat

Toshkentlik 59 yoshli ayol ham koronavirus qurboni bo`ldi

'Toshkentlik 59 yoshli ayol ham koronavirus qurboni bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 59 yoshli M.M. (ayol) da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindrom, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik, o`tkir buyrak etishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan.  

Ta`kidlash joizki, bemorda 2014 yil buyrak transplantasiyasi amaliyoti bajarilgan bo`lib, 2017 yilda ko`chirib o`tkazilgan buyrak o`z vazifasini bajarishdan to`xtagan va u doimiy gemodializ olib yurgan.  

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, surunkali buyrak etishmovchiligi, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo`lgan.

SSVning xabar berishicha, bemor  o`tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar