Sog`liqni saqlash vazirligi 2020 yil 1 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 569 (+265) nafarni tashkil etmoqda ekani haqda xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Surxondaryo hamda 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 184 nafar, Toshkent shahrida 170 nafar, Buxoro viloyatida 62 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar hamda Farg`ona viloyatida 4 nafar, jami 452 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 14 916 (+452) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog`aygan.
️Hozirda mamlakatimizda 9 508 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.