AsosiyJamiyat

Ommaviy immunitet koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatli strategiya hisoblanmaydi — JSST

'Ommaviy immunitet koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatli strategiya hisoblanmaydi — JSST'ning rasmi

Covid-19 ga nisbatan ommaviy immunitet shakllanishi uchun aholining 60% dan 80% gacha qismi kasallanib, sog`ayishi kerak. Bunda ommaviy immunitet hosil bo`lishini kutib o`tirish — koronavirusga karshi kurash usuli hisoblanmaydi. Bu haqda JSST axborotini O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi tarqatdi.

«Ommaviy immunitet paydo bo`lsin deb koronavirusning tarqalishiga qo`yib berilsa, oldi olinmasa, buning natijasida kasalxonalar bemorlar bilan to`lib ketadi, sohaga bosim ortadi, o`lim ko`payadi», — deydi Mayk Rayan, JSSTning sog`liqni saqlash bo`yicha favqulodda vaziyatlar Dasturining ijrochi direktori.

Ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqish qoidalariga rioya qilgan holda, har bir inson koronavirus tarqalishini oldini olishi kerakligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar