AsosiyJamiyat

Toshkentda yana 193 kishida virus aniqlandi

'Toshkentda yana 193 kishida virus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 1 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 783 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlari 214 taga ko`paygan.  Ularning 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozir mamlakatimizda 9 337 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davolanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar