AsosiyJamiyat

Toshkentda 46 yoshli va 58 yoshli koronavirusga chalingan bemorlar vafot etdi

'Toshkentda 46 yoshli va 58 yoshli koronavirusga chalingan bemorlar vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 46 yoshli bemor S.L.da (erkak) joriy yil 20 iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va nafas etishmovchiligi belgilari kuchayib Zangiota ixtisoslashtirilgan ko`p tarmoqli yuqumla kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda SSV  xabar berdi. 

Unga COVID-19 infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya hamda semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

 Toshkent shahri Shayxontahur tumanida yashagan 58 yoshli bemor Sh.D.da ham 20 iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslashtirilgan ko`p tarmoqli yuqumla kasalliklar shifoxonasiga kun davomida tana harorati ko`tarilib, nafas etishmovchiligi kuchayganligi sababli yotqizilgan.

 

Unga ham COVID-19 infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan. Har ikki bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar