AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 257 nafar fuqaro koronavirus bilan zararlandi

'O`zbekistonda 257 nafar fuqaro koronavirus bilan zararlandi'ning rasmi

2020 yil 2 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 040 (+257) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Samarqand viloyati, 99 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Farg`ona viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 592 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 592 nafari og`ir, 185 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar