Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Lor Med servis” xususiy klinikasida noto`g`ri jarrohlik amaliyoti o`tkazilganligi sababli prokuratura xodimi vafot etganligi haqida xabar chiqarilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati qayd etishicha, 2020 yil 30 iyul kuni soat 14:55 larda fuqaro Suxrob Turdiev (1991 y.t.) Zangiota tumanida joylashgan xususiy klinikada burun deformasiyasi tashxisi bo`yicha o`tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhum S.Turdiev haqiqatda 2018 yil noyabr oyiga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Toshkent viloyati prokurorining buyrug`iga asosan prokuratura organlaridan bo`shatilgan.
Shifokor hibsga olinganligi haqidagi ma`lumot ham haqiqatga to`g`ri kelmaydi.






