AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 296 nafar koronavirus yuqtirgan bemor aniqlandi

'O`zbekistonda yana 296 nafar koronavirus yuqtirgan bemor aniqlandi'ning rasmi

SSV xabar qilishicha, 2020 yil 2 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 336 (+296) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 277 nafari Toshkent shahrida (shundan 226 nafari tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 51 nafari esa O`rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 19 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 15 833 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (62 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 352 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar