Bugun ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus ifeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 534 nafari sog`aydi, deb xabar berdi SSV.
Aytilishcha, bemorlarning 320 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida hamda 9 nafari Farg`ona viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.
Shunday qilib, yurtimizda 15 833 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 62 foizni tashkil qilmoqda.






