AsosiyJamiyat

Koronavirus qayd etilgan andijonlik va poytaxtlik bemor vafot etdi

'Koronavirus qayd etilgan andijonlik va poytaxtlik bemor vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qilishicha, ayni soatda  andijonlik va poytaxtlik bemorning joni uzildi.

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, nafas etishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, 2016 yilda bo`lgan infarktdan so`ngi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og`rigan.

Bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan va tana harorati ko`tarilib, nafas etishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi, o`pka shishi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar ham bo`lgan. Ayol o`tkir nafas va yurak qon-tomir  etishmovchiligi, o`pka shishidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar