AsosiyJamiyat

O`qituvchini qiynab, bir oyoqda turishga majburlagan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi

'O`qituvchini qiynab, bir oyoqda turishga majburlagan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Farg`onalik o`qituvchi: IIB xodimlari meni kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi» sarlavhali xabar yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar mas`ullar tomonidan o`rganilgan. Haqiqatdan ham joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta`lim maktabida kompyuter o`g`irlanishi bilan bog`liq holat sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya o`qituvchisi Shuhrat Jo`raevni qiynoqqa solganligi bilan bog`liq holat yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.Tekshiruvlar yakuniga ko`ra, qo`shimcha xabar beriladi, deyiladi ushbu izohda.

    Boshqa yangiliklar