Qurbon hayiti kuni Turkiya qurbonlik go`shtini uchta qit`ada joylashgan 23 mamlakatda va 34 mintaqada tarqatdi.Bir millionga yaqin odam qurbonlik go`shtini «Deniz Feneri» tashkiloti orqali oldi. Ta`kidlanishicha, bu yil turk ko`ngillilari koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlarda qurbonlik go`shtlarini tarqatishda shaxsan ishtirok eta olishmadi. Shu munosabat bilan qurbonlik xorijiy mamlakatlardagi hamkor tashkilotlar orqali uyushtirildi. Bu haqda Muxlis.uz yozmoqda.
Afrikada Deniz Feneri ham aholining turmushini yaxshilashga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda: masjidlar, quduqlar, o`quv markazlari, mehribonlik uylari qurilmoqda. To`qnashuvlar, urushlar yoki qurg`oqchilik davom etadigan mintaqalarga ko`proq e`tibor beriladi. «Deniz Feneri» bu yilgi Qurbon hayitida Myanmadagi Arakan shtatining Sittve shahridagi rohinja musulmonlariga qurbonlik go`shtini tarqatdi. Bundan tashqari, qurbonlik go`shti Suriya, Falastin, Iroq, Livan, Suriya, Yaman, Pokiston va Bosniya va Gersegovinadagi muhtoj oilalar tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.






