1

Qozog`istonda sportchilar va 5 yoshgacha bo`lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

Dunyo 02.08.2020, 19:05
Qozog`istonda sportchilar va 5 yoshgacha bo`lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

Qozog`iston Sog`liqni Saqlash vazirligi rahbari Aleksey Soy mamlakatning barcha aholisi ko`chada, jamoat joylarida va transportda majburiy ravishda niqob taqishi kerakligi to`g`risidagi buyrug`iga o`zgartirish kiritdi. Bu haqda Yandeks.kz yozmoqda.

Endi besh yoshgacha bo`lgan bolalar niqob taqish majburiy emas.Bundan tashqari, jamoat ovqatlanish joyida ovqatlanayotganda ijtimoiy masofani saqlagan holda niqoblarsiz o`tirishga ruxsat berildi.

Individual va jamoaviy sport turlari bilan shug`ullanadigan sportchilar (besh kishidan ko`p bo`lmagan) ijtimoiy masofani saqlagan holda niqob taqmasliklari mumkin, deyiladi xabarda..

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1