1

Gruziyada daryo o`zanidan toshib, o`nlab qishloqlarni vayron qildi

Dunyo 02.08.2020, 20:05
Gruziyada daryo o`zanidan toshib, o`nlab qishloqlarni vayron qildi

Gruziyaning shimoli-g`arbiy qismidagi Racha hududida daryo o`z o`zanidan chiqib, ko`pgina qishloqlarni vayron qildi. Ayni vaqtda ushbu ofat oqibatlari bartaraf qilinmoqda. Ushbu hududda to`xtovsiz yoqqan kuchli yomg`irlar natjasida toshqin sodir bo`lib, o`nlab qishloqlar elektr energiyasiz va mobil aloqasiz qolgan.

Bundan tashqari, bir necha ko`priklar, avtomobil yo`llari bzaligan, ekin dalalari payhon bo`lgan. Umumiy etkazilgan zarar o`nlab million dollarga baholanmoqda. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar berdi.

Ayni kunda tabiiy ofat yuz bergan hududlar haqida faqatgina vertolyotlar orqali ma`lumot olinmoqda. Chegara departamenti xodimlari vertolyotlarda kuniga bir necha marta reyslarni amalga oshirishmoqda. Chunki avtomobil yo`llaridan umuman nom-nishon qolmagani aytilmoqda.

«Bizning falokat hududidagi qishloqlar bilan umuman aloqamiz uzilib qoldi. Endi bu yo`llar va ko`priklarni tiklashga kamida bir oy vaqt kerak bo`ladi, – dedi Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya.

Afsuski, hammasi birdaniga keldi, bir kecha-kunduz mobaynida to`xtovsiz yoqqan yomg`ir ham, tog`lardagi qorlarning erishi ham... Rioni daryosi bu oqimlarni ko`tarolmay o`z o`zanidan chiqib ketdi. Mamlakatda bunday holat yaqin o`tmishda sodir bo`lganini hatto ko`pni ko`rgan mutaxassislar ham eslasholmayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1