AsosiyDunyo

Hindistonda qalbaki alkogoldan 60 dan oshiq kishi halok bo`ldi

'Hindistonda qalbaki alkogoldan 60 dan oshiq kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Hindistonning Panjob shtatida sifatsiz spirtli ichimliklarni iste`mol qilganligi oqibatida 60 dan ziyod kishi kishi halok bo`lgan. Bu haqda shtat polisiyasiga tayanib news.am.rus xabar berdi.

Hodisa qurbonlari Amritsar, Gurdaspur, Tarn-Taran shaharlari aholisi ekanligi ma`lum bo`ldi. 

31 iyul, juma kuni o`tkazilgan 40 dan ortiq reydlarda polisiyachilar sakkiz nafar sotuvchini hibsga oldi va katta miqdordagi qalbaki ichimlikni tortib oldilar. Voqea aybdorlaridan yana besh kishi so`roq qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar