1

Poytaxtda 43 yoshli erkak va 57 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 02.08.2020, 23:25
Poytaxtda 43 yoshli erkak va 57 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

SSV xabar berishicha, poytaxtda yana ikki nafar bemor vafot etgan.

Xabarda Toshkent ulardan biri shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. (erkak) bo`lib, 27 iyul kuni og`ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgani aytilmoqda.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil stenokardiya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og`rigan.

Bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir poytaxtlik 57 yoshli R.K. (ayol)da 21 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo`lgan.

Ayol o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, infeksion toksik shokdan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1