Bugun 1 208 nafar bemor sog`aydi, 770 kishida kasallik qayd etildi

Jamiyat 03.08.2020, 00:19
Bugun 1 208 nafar bemor  sog`aydi, 770 kishida kasallik qayd etildi

2020 yilning 2 avgust kuni mamlakatimizda 770 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Farg`ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 1 208 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 25 553 nafar bemordan 16 507 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari og`ir, 215 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 72 700 nafar, stasionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1