SSV O`zbekistonda koronavirusdan vafot etgan yana ikki bemor haqida xabar qildi.
Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 60 yoshli bemor G.S.da (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Bekobod shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, gepatoz, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 67 yoshli bemor E.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangandan so`ng bir necha kun davomida tana harorati ko`tarilganligi, nafas etishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.
Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Har ikki bemor o`tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.






