2020 yil 3 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 828 (+275) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.
Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent viloyati, 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 166 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 564 nafari og`ir, 215 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






