AsosiyJamiyat

Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abiturientlarning to`lovi qaytariladi

'Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abiturientlarning to`lovi qaytariladi'ning rasmi

2020-yil 22-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi binosida “2020-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlari: raqamli ma`lumotlar” mavzusida matbuot anjumani o`tkazilgan edi.

Unda test sinovi uchun to`lovni qaytarib berish masalasi bo`yicha savolga berilgan javob ijtimoiy tarmoqlarda noto`g`ri talqin qilinmoqda.

Test sinovi uchun to`lovni amalga oshirgan abiturientlarning to`lovi har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tushuncha butunlay xato.

Misol uchun, dastlab test sinovlari o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishiga ro`yxatdan o`tgan va to`lovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan ta`lim yo`nalishini to`liq ijodiy imtihon bo`ladigan yo`nalishga o`zgartirgan abiturientlarning yoki shu kabi to`lovni noto`g`ri amalga oshirgan abiturientlarning to`lovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abiturientlarga qaytarilmoqda.

Shunigdek, test sinovlaridan so`ng, uzrli sabablarga ko`ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan abiturientlarning to`lovlari qaytarilishini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar