AsosiyDUNYO

Ikki britaniyalik ayol er yuzini velosipedda aylanib chiqishdi

Buyuk Britaniya fuqarolari – 2 nafar ayol kishi qo`sh velosipedda dunyoni eng qisqa muddat...

'Ikki britaniyalik ayol er yuzini velosipedda aylanib chiqishdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya fuqarolari – 2 nafar ayol kishi qo`sh velosipedda dunyoni eng qisqa muddatda aylanib chiqqan insonlar sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Upi” axborot agentligi ma`lum qiladi, deb yozmoqda UzA. 

Rekord sohibalarining ismi-sharifi Ket Dikson va Raz Marsden. Ularning har ikkalasi 50 yoshlik dovondan o`tgan. Oksforddan 2019 yil 29 iyunda yo`lga chiqqan bu havaskor sportchilar 263 kun deganda - 2020 yil 18 mart kuni Londonga kirib kelishdi. Aniqlanishicha, ular har kuni o`rtacha 50-60 kilometrni ortda qoldirishgan.

Yangi natija haqida 18 noyabr – Ginnes rekordlari kuniga tayyorgarlik doirasida e`lon qilindi.

Eslatib o`tamiz, bu yil mazkur sana «O`z dunyongni kashf qil!» shiori ostida o`tadi.

Velosportchilar Fransiya, Monako, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya, Albaniya, Gresiya, Turkiya, Gruziya, Hindiston, Tailand, Malayziya, Singapur, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh, Meksika, Marokash, Ispaniya va Gibraltar hududidan o`tishdi.

Ular yo`l-yo`lakay 50 ming dollar yig`ishdi va bu mablag`ni homiylik yo`lida sarflashdi. Ket va Raz bu borada nafaqat ayollar, balki erkaklarga tegishli rekordni ham yangiladilar. Er yuzini velosipedda aylanib chiqqan kuchli jins vakillarining eng yuqori ko`rsatkichi hozirgacha 281 kun edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 15:12

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 13:40

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:33

    'AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 04:50

    AQSh sudyalari Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi qarorlarini keskin tanqid qildi

    Ayni paytda Oq uy tanqidlarni rad etmoqda. Ikkinchi davr boshlanganidan buyon prezident farmonlari va boshqa qarorlar yuzasidan 800 dan ortiq da'vo arizasi berilgan.

    'Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO 22.06.2026 11:04

    Filippindagi maktabda yuz bergan otishmada uch nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Ma'lum qilinishicha, hodisa 22 iyun kuni ertalab Takloban shahridagi San Jose National High School maktabida sodir bo'lgan.

    ''ning rasmi

    DUNYO 22.06.2026 09:50