Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ubu savolga javob berdi:
- ️ «Temir daftar» — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro`yxati;
- «Temir daftar» o`z navbatida fuqarolar yig`inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi;
«Temir daftar»ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:
- kam ta`minlangan;
- nogironligi bo`lgan;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
- yakka-yolg`iz keksalar;
- doimiy ishsiz fuqarolar;
- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
- og`ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag`allikdan chiqarish choralari ko`riladi.
Mas`ul xodimlar o`zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan «Temir daftar»idagi ma`lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;
«Temir daftar»ga tushgan oilaning hech bo`lmaganda bitta a`zosini joriy yilda ish bilan ta`minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko`riladi.