AsosiyJamiyat

Toshkentda yana ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

'Toshkentda yana ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 69 yoshli bemor N.E. (ayol)da joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va nafas etishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Olmazor tumanida yashagan 49 yoshli bemor D.S. (ayol)da ham joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bir necha kun davomida tana harorati ko`tarilganligi, nafas etishmovchiligi kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, poliorgan etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Har ikki bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar