Koronavirus pandemiyasi mamlakatlarning biologik mudofaasini ham sinovdan o`tkazmoqda

Dunyo 03.08.2020, 16:03
Koronavirus pandemiyasi mamlakatlarning biologik mudofaasini ham sinovdan o`tkazmoqda

COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyat biologik urush repetisiyasiga o`xshab ketyapti, dedi Rossiyadagi mashhur bolalar jarrohi, tibbiyot fanlari doktori Leonid Roshal Forbes nashriga bergan intervyusida. Bu haqda O`z A xabar berdi.

Uning izoh berishicha, bunga o`xshash infeksiyalar bilan kurashga hamma mamlakatlar ham tayyor emas. Rossiya misolida esa, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga hamma, jumladan, Prezident ham qo`shildi, dedi vrach. Shunga qaramay, "virus chegara bilmayapti", epidemiya ko`lamini oldindan aytib bo`lmayapti. Xususan, odamlarning o`zi ham vaziyatning murakkablashuviga olib kelmoqda. 

"Yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilar ekanman, tushunyapmanki, bu biologik urush. Mazkur virus inson tomonidan yaratildi, demoqchi emasman. Bunday deyishga etarli asoslar yo`q, qolaversa, men virusolog ham emasman. Biroq bu sog`liqni saqlash tizimi mustahkamligini, shuningdek, mamlakatning biologik mudofaasini sinovdan o`tkazish hamdir", – dedi Roshal.

"Biz mazkur tizimni qisman yo`qotdik. Hozir u sinovdan o`tyapti", — dedi rossiyalik vrach.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1