2020 yil 3 avgust soat 16:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066 (+238) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 114 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 172 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg`ona viloyatida 9 nafar, jami 331 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 16 838 (+331) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 071 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






