1

O`zbekiston Qirg`izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi

Dunyo 03.08.2020, 16:36
O`zbekiston Qirg`izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi

O`zbekiston Qirg`izistonga insonparvarlik yordami sifatida qiymati 560 ming dollarlik 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qo`lqop, 500 dona himoya ko`zoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlor etkazib berdi, degan Qirg`iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarov brifingda. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi ma`lum qildi.

 Vazirning ma`lum qilishicha, xalqaro tashkilotlardan ham Qirg`izistonga qiymati 9 million somlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar etkazib berilgan. Mazkur yordam hududlar va sog`liqni saqlash tashkilotlariga taqsimlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1