1

Qashqadaryoda “Kobalt” yo`l yoqalab ketayotgan bolalarni urib ketdi. Ikkala bola ham vafot etdi

Jinoyat 03.08.2020, 17:46
Qashqadaryoda “Kobalt” yo`l yoqalab ketayotgan bolalarni urib ketdi. Ikkala bola ham vafot etdi

Shanba kuni soat 18.52larda Mirishkor tumanidagi “Malla” qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro G.O. “Kobalt” rusumli avtomashinasini qishloqning ichki yo`lidan haydab ketayotib, boshqaruvni yo`qotadi. Bu haqda  “Postda” muxbiri xabar berdi.

Natijada avtomashina yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketadi va yo`l yoqalab ketayotgan 14 yoshli I.D. va 3 yoshli Ch.A.ni urib yuboradi.

Taassufki, har ikkala bola shifoxonada vafot etadi.

Hozir holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1