Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtomobillar harakati cheklanishi munosabati bilan o`rnatilgan ayrim blok-postlar olib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Eslatib o`tish joiz, respublika bo`yicha qat`iy karantin 15 avgustgacha uzaytirilgan. Bu vaqt davomida ko`plab cheklovlar amalda bo`lib turibdi.
Bugun — dushanba, 3 avgustdan boshlab juma, 7 avgustgacha transport vositalariga kunning muayyan soatlarida harakatlanishiga ruxsat beriladi:
Avtotransportda ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki vaqt soat 17:00 dan 20:00 gacha harakatlanish mumkin.
Fuqarolar belgilangan vaqtda transport vositalaridan faqatgina o`z hududi doirasida foydalanishlari mumkin. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirish va aksincha yo`nalishdagi transport harakati bundan mustasno.
Faqat 2 toifa avtotransport vositalari sutka mobaynida to`siqsiz harakatlanish huquqiga ega:
maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar
maxsus ruxsatnomasiz yurish (https://kun.uz/news/2020/07/17/dam-olish-kunlari-avtotransportlar-harakati-cheklanadi-kimlarga-ruxsat-bor)huquqiga ega mashinalar (ro`yxat (https://kun.uz/news/2020/07/17/dam-olish-kunlari-avtotransportlar-harakati-cheklanadi-kimlarga-ruxsat-bor))
Avtotransportda harakatlanishga to`liq taqiq 8-9 avgust (shanba-yakshanba) kunlari ham joriy etilishi belgilangan (https://kun.uz/02391721).
15 avgustgacha to`xtatilgan faoliyat turlari ro`yxati bilan ushbu sahifada (https://kun.uz/28947063) tanishishingiz mumkin.