1

Ayni kunda 26 301 nafar bemordan 65 foizi sog`aygan

Jamiyat 04.08.2020, 00:30
Ayni kunda 26 301 nafar bemordan 65 foizi sog`aygan

Shu yilning 3 avgust kuni mamlakatimizda 748 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun poytaxtimiz va Toshkent viloyatida 2 nafardan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Navoiy hamda Farg`ona viloyatlarida jami 755 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 26 301 nafar bemordan 17 262 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari og`ir, 224 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1