1

Bundan keyin kasallik aniqlangan fuqarolar uyda emas, to`liq stasionar sharoitda davolanadi — Zoyir Mirzaev

Jamiyat 04.08.2020, 06:43
Bundan keyin kasallik aniqlangan fuqarolar uyda emas, to`liq stasionar sharoitda davolanadi — Zoyir Mirzaev

Qashqadaryo viloyati hokimi barcha sektor rahbarlari, mahalla raislari va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirokida masofadan "ZOOM" dasturi orqali yig`ilish o`tkazdi.

Viloyat hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Zoyir Mirzaev viloyatda karantin choralari yumshatilishi ortidan sektor rahbarlari va mutasaddilarga qo`llanishi zarur bo`lgan choralar yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Topshiriqlarga ko`ra, endilikda har bir tibbiyot muassasasida eng kamida bittadan mobil guruhlari tashkil qilinishi, mazkur mobil guruhlar uy sharoitida davolanayotgan bemorlar, kasallikka shubha qilinganlar holidan xabardor bo`lib turishlari lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori ularning ro`yxatini shakllantirib, karantin va izolyasiya qoidalariga qay darajada amal qilinayotganini nazoratda tutishlari kerak.  

- Bundan keyin kasallik aniqlangan fuqarolar uyda emas, to`liq stasionar sharoitda davolanadi - dedi viloyat hokimi. - O`rganishlar shuni ko`rsatayaptiki, uyda davolanishdan ko`ra stasionar sharoitda davolanish ancha ishonchli va samarali. Qolaversa, viloyatdagi shifoxonalarda koronavirusni davolash uchun ajratilgan (yaratilgan zaxira o`rinlaridan tashqari) o`rinlar soni ham, dori-darmon zaxirasi ham etarli.

Sektor rahbarlari bularning barchasini chuqur o`rganib, tahlil qilib borishi va shunga ko`ra ish tutishi shartligi alohida aytib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1