Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 80 yoshli bemor O.A. (erkak) joriy yil 28 iyul kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashagan 41 yoshli bemor F.T. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, o`pka shishi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromi, o`pka shishidan vafot etgan.






