O`zbekistonning 6 hududida 249 nafar yangi kasallanish aniqlandi

Jamiyat 04.08.2020, 10:04
O`zbekistonning 6 hududida 249 nafar yangi kasallanish aniqlandi

2020 yil 4 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 550 (+249) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent viloyati, 79 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Xorazm viloyatida, yana 14 nafari Navoiy viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 17 262 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 127 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 927 nafari og`ir, 224 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1