1

Toshkentlik fuqaro bir vaqtning o`zida uch qo`shnisiga tan jarohati etkazdi

Jamiyat 04.08.2020, 10:54
Toshkentlik fuqaro bir vaqtning o`zida uch qo`shnisiga tan jarohati etkazdi

2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslarning o`zaro janjali aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

2020 yilning 1 avgust kuni “Darxon” mahallasida istiqomat qiluvchi 35 yoshli A.Marina Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib,  unga, singlisi va ukasiga tan jarohati etkazgan  shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mojaroning boshlanishiga 39 yoshli F.Akmal tomonidan ko`chada o`ynayotgan bolalarga, shu jumladan arizachining 12 yoshli qiziga shovqin qilmaslik yuzasidan berilgan tanbehi sabab bo`lgan. Shundan so`ng qizning katta yoshdagi qarindoshlari va F.Akmalning qarindoshlari o`rtasida o`zaro janjal boshlanib, voqea tan jarohati etkazish bilan yakunlangan.   

Makur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.  Janjalning har bir ishtirokchisi qilmishiga huquqiy baho beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1