O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi va “Mobiuz” (Universal Mobile Systems) mobil aloqa operatori o`rtasida talab yuqori bo`lgan mobil raqamlarni birjaning onlayn ausioni orqali sotishga kelishdi.
O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasidan ma`lum qilishlaricha, kelishuvdan ko`zlangan asosiy maqsad “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori mobil raqamlarini onlayn tarzda sotish orqali ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
Hamkorlik doirasida yaqin kelajakda “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori bo`lgan mobil raqamlari birjaning mobilraqam.uzex.uz platformasida sotila boshlashi kutilmoqda.
Eslatib o`tamiz, mazkur savdo platformasi talab yuqori kombinasiyaga ega bo`lgan uyali aloqa raqamlarini birjaning onlayn-auksionlari orqali sotish maqsadida 2019 yilda ishga tushirilgan.