1

Rossiyadagi mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik o`sayotgani ma`lum qilindi

Dunyo 04.08.2020, 14:14
Rossiyadagi mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik o`sayotgani ma`lum qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator sub`ektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o`sayotgani va shu munosabat bilan hududiy rahbarlar qo`shimcha choralar ko`rishi lozimligini ma`lum qildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Murmansk va Amurda ishlayotgan chet el fuqarolari tomonidan 2020 yilning iyul oyida jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilgan.

Medvedevning ta`kidlashicha, ishsiz qolgan migrantlar ishtirokidagi jinoyatchilik darajasi yana oshishi mumkin. Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida joylar etarli emas va bu migrantlarni deportasiya qilishda qiyinchiliklarni tug`dirmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1