Ertaga Seul va Qohiradagi vatandoshlarimiz Toshkentga olib kelinadi

Jamiyat 04.08.2020, 14:26
Ertaga  Seul va Qohiradagi vatandoshlarimiz Toshkentga olib kelinadi

Ertaga, 5 avgust  Seul va Qohiradagi vatandoshlarimiz Toshkentga olib kelinadi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1