Jahon bozorida sut narxi oshdi

Dunyo 04.08.2020, 15:20
Jahon  bozorida  sut  narxi oshdi

IFCN tarmog`i tahliliga ko`ra, jahon bozorida sut narxi  iyul oyida 100 kg uchun 36,7 dollarni tashkil etgan. Bu iyun oyiga  nisbatan  narx 5 foizga oshganini va 2020 yil fevralidan beri birinchi marotaba ko`tarila boshlaganini ko`rsatadi.

Qayd  etilishicha,  narx oshishining  asosiy omili jahonda sut mahsulotlariga talabning tiklanishi, fond birjasidagi narxlarning oshishi va Osiyo  sut kukuni importini ko`paytirgani hisoblanadi.

Shu bilan birga, dunyoda xom sut ishlab chiqarish xajmi ham o`smoqda. IFCN ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil iyul oyida 2019 yilning mos davriga nisbatan o`sish 1 foizni tashkil etgan. Xususan,  AQShda sut ishlab chiqarish 0,7 foizga, Evropa Ittifoqida 0,3 foizga o`sdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1