«Agrar ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020 y.)da bu haqda belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab:
Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi;
Qishloq xo`jaligi vazirligi tasarrufiga o`tkazilgan qishloq xo`jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o`rniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi.
Shu bilan birga mazkur qarorga ko`ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xo`jaligi OTMlarining mos bakalavriat yo`nalishlarida 2-bosqichdan o`qishini davom ettirish huquqiga ega bo`ladi.
Shuningdek:
- 2020/2021 yil o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika OTMlarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun «O`zbekistonda qishloq xo`jaligini innovasion rivojlantirish va uni raqamli transformasiyalash» loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etiladi;
- Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutida qishloq xo`jaligini raqamlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari masalalari hamda professional ta`lim muassasalari bilan ishlash bo`yicha prorektor lavozimi joriy etiladi;
Xorijiy tillarni yaxshi o`zlashtirgan professor-o`qituvchilarning oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilanadi (xorijiy tillar bo`yicha professor-o`qituvchilar bundan mustasno).






