AsosiyJamiyat

Rossiyaning COVID-19 vaksinasi bolalarga qo`llanilmaydi

'Rossiyaning COVID-19 vaksinasi  bolalarga qo`llanilmaydi'ning rasmi

Bu haqda Gamaleya nomidagi Milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburga tayanib, RIA Novosti xabar beradi. Xabarga ko`ra, koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina hali bolalar uchun qo`llanilmaydi, chunki qonunga ko`ra, preparat avval kattalar uchun to`liq sinovdan o`tishi kerak.

 «Rossiya qonunlariga ko`ra, vaksinani bolalarda sinab ko`rish mumkin va yangi dori faqat katta yoshlilarda to`liq sinovdan o`tgandan keyingina taqdim etiladi. Shuning uchun sinovning uchinchi bosqichi tugagach, bizga yangi izlanishlarga ruxsat beriladi»,-degan markaz rahbari.

O`z navbatida, Sechenov universiteti translyasiya tibbiyoti va biotexnologiya instituti direktori Vadim Tarasov bolalar xavf ostida emasligini, chunki ular koronavirus infeksiyasining oqibatlarini osonroq qabul qilishlari mumkinligini ta`kidlagan.

Uning so`zlariga ko`ra, bolalarda vaksinani ishlatishdan oldin, etilmagan hayvonlarga nisbatan klinik tekshiruvlar o`tkaziladi, shundan so`ng preparatni bolalarga qo`llash to`g`risida qaror qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar