Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, ahvoli og`ir bo`lganligi sababli joriy yil 27 iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan etishmovchiligidan vafot etgan.
Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli bemor B.A. (erkak)da joriy yil 26 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi alomatlari kuchaygan va nafas etishmovchiligi og`irlasha boshlagach, u ham Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi asoratlar bilan kechgan.
Bemor o`tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan etishmovchiligi, o`tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.






