1

O`zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi

Jamiyat 04.08.2020, 16:57
O`zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi

Bugun, 4 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop koronavirus pandemiyasini tezroq engishni tilab, bu borada Turkiya O`zbekistonga yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar davlatlarimiz prezidentlari boshchiligida oliy darajadagi muntazam muloqotlar va yaqin munosabatlar olib borilayotgani natijasida barcha sohalar qatori parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko`tarilayotgani, bu esa  katta mas`uliyat ekanligi to`g`risida so`z yuritdi.

Ikki mamlakat parlametlari o`rtasida imzolangan hamkorlik to`g`risidagi Memorandum o`zaro aloqalarning shartnoma-huquqiy asosini yaratish bilan birga amaliy chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo etishi borasida to`xtalib o`tildi.

2020 yil fevralda bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi doirasida tarixda ilk bora eng yuksak formatdagi, ya`ni ikki davlat rahbarlari hamraisligidagi oliy darajadagi O`zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ilk yig`ilishi yakuni bo`yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda o`z vakolatlari doirasida parlamentlarimiz ham munosib hissani qo`shishi kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, shakllantirilgan do`stlik guruhlari tomonidan parlamentlararo hamkorlik borasida fikr almashilayotgani, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisining Tadqiqot markazi o`rtasidagi aloqalarni  yanada rivojlantirishga urg`u berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1