Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilganidek, ushbu savolga ham “COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha vaqtinchalik ko`rsatmalar”ning oltinchi nashrida javob berildi.
Unga ko`ra, bemorda isitma 3 kun davomida 38,5 ℃ dan yuqori bo`lmagan, yo`tal, mushak og`rig`i hamda terlash kuzatilgan engil darajadagi bemorlar “COVID-19”ni davolashga ixtisoslashgan tegishli oilaviy poliklinikalarga yo`naltiriladi.
Unga uy sharoitida nafas olish gimnastikasi, kerakli dori vositalari va boshqa muolajalar tavsiya qilinadi.
Isitmasi 3-5 kun davomida 38,5 ℃ dan yuqori va yurak urishi daqiqasiga 90-100 marta bo`lgan o`rta og`ir darajadagi bemorlar bo`yicha “COVID-19”ni davolashga ixtisoslashgan oilaviy poliklinikalarga murojaat qilinadi yoki ular holatiga ko`ra, yashash hududidagi saralash va taqsimlash markaziga yotqiziladi.
Nafas olishi qiyinlashgan yoki o`tkir nafas etishmovchilik sindromi kuzatilgan ahvoli og`ir darajadagi bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yotqiziladi.






