Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan insonlarning kislorod ballonlaridan foydalanishga urinayotgani bilan bog`liq turli xabarlar tarqalgani yuzasidan tushuntirish berdi.
Ma`lum qilinishicha, uy sharoitida tibbiyot xodimlari nazoratisiz kislorod ballonidan foydalanish mumkin emas.
«Tibbiyot maqsadlarida ishlatiladigan siqilgan kislorodning xavfli omillari bor. Bu uning tez yonish xususiyati, yong`in va portlash xavfi bilan bog`liqligi hamda kutilmagan favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan ushbu turdagi qo`lbola va tibbiyot xodimlari nazoratida bo`lmagan kislorod ballonlaridan foydalanmaslikka chaqiradi.






