Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga qaraganda, 2020 yil 4 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 047 (+243) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 215 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlar, ya`ni Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashagan 56 yoshli L.R. (ayol), Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 42 yoshli Sh.X. (erkak) vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 340 nafar, Toshkent viloyatida 181 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 88 nafar, Samarqand viloyatida 87 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg`ona viloyatida 2 nafar, jami 789 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 18 051 (+789) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 831 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.