1

Bugun 746 ta test ijobiy chiqdi, 789 nafar bemor sog`aydi

Jamiyat 05.08.2020, 00:20
Bugun 746 ta test ijobiy chiqdi, 789 nafar bemor sog`aydi

SSV ma`lumotiga ko`ra, bugun 4 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, ularning 23 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 723 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Xorazm, Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida jami 789 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 047 nafar bemordan 18 051 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 831 nafar bemordan 619 nafari og`ir, 155 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1