AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “COVID-19”ga chalingan bemorlarni davolovchi shifokorlar iqlimga mos himoya kiyimlariga o`tadi — SSV

'O`zbekistonda “COVID-19”ga chalingan bemorlarni davolovchi shifokorlar iqlimga mos himoya kiyimlariga o`tadi — SSV'ning rasmi

“COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha vaqtinchalik ko`rsatmalar”ning  oltinchi nashrida bemorni parvarish qilish, uni davolash jarayonida amal qilish lozim bo`lgan shaxsiy himoya qoidalari haqida ham ma`lumot berilgan.

Unga ko`ra, endilikda dunyo tajribasi va mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda havo o`tkazmaydigan himoya kombinezoni o`rniga hozirgi iqlim sharoitiga mos tibbiy himoya kiyimlaridan foydalanishga o`tiladi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda. 

Bu to`xtamga xalqaro tajriba, shifokorlarning fikri va ularning shaxsiy xavfsizligini ta`minlash masalalarini to`la inobatga olgan holda kelindi. Ammo tibbiyot xodimlari qo`lqop, qalpoqcha, N-95 respirator niqobi, xavfsizlik ko`zoynagi va yuz uchun to`siqlar bilan doimiy himoyalanishi shart.  

Ta`kidlash joizki, davolash muassasalarida xavf yuqori bo`lgan reanimasiya va intensiv terapiya bo`limlarida tibbiyot xodimlari yuqorida keltirilgan himoya vositalari bilan birga oldingi kombinezonlardan doimiy tartibda foydalanadi.

    Boshqa yangiliklar