AsosiyJamiyat

Statistika organlari faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmaydi — Prezident qarori

'Statistika organlari faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmaydi — Prezident qarori'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O`zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi.

Statistika organlarini sifatli va ishonchli ma`lumotlarni shakllantirishga, statistika ma`lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish ustuvor yo`nalishlardan biridir.

 Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog`liq o`z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil amalga oshiradi va qo`mita tomonidan shakllantiriladigan statistika ma`lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e`lon qilinadi.

Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga har qanday aralashishga yo`l qo`yilmaydi.

Hududiy statistika boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) statistika bo`limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo`lib, bevosita Davlat statistika qo`mitasiga bo`ysunadi.

Qaror bilan 2020-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar