AsosiyJamiyat

Besh kunlik ish haftasiga ega o`zbekistonliklar dekabrda bir soat ko`p ishlaydi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 5 dekabr shanba — dam olish kunini 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko`chirish to`g`risidagi qarorni imzolagan edi. Unga ko`ra, 2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko`chirilib, 2015 yil 5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining bergan ma`lumotlarga ko`ra, besh kunlik ish haftasiga ega, shanba va yakshanba dam olish kuni bo`lgan ishchi-xodimlar esa ushbu sanada hordiq chiqarishlari mumkin. 2015 yil 5 dekabr O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121- moddasi talablariga muvofiq kelmagani, ya`ni shanba bayram arafasi sanalmagani uchun 2015 yil dekabr oyi uchun belgilangan ish me`yori 1 soatga uzaytiriladi. Mos ravishda 2015 yilning to`rtinchi choragi, 2015 yilning yarim yilligi va to`liq 2015 yil uchun belgilangan ish me`yori ham bir soatga uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar