2020 yil 5 avgust soat 10:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 314 (+267) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent viloyatida, 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 18 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 096 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 619 nafari og`ir, 208 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






